Politico Amerikaning yangi prezidenti "isyonkor" Donald Tramp va "siyosiy faol" Rim papasi Fransiskni nima bog‘lab turishi haqida maqola chop etdi, deb ma’lum qiladi "Kun.uz".
"Donald Tramp globallashuvga qarshi chiqdi va sodiq izdoshlar ko‘nglini ovlash uchun misli ko‘rilmagan ommaviy kampaniyani yo‘lga qo‘ydi - u buni ko‘pincha Twitter'da amalga oshirdi. Fransisk to‘g‘risida ham xuddi shunday deyish mumkin", - ta’kidlaydi muallif.
"U ham xalqqa ko‘pincha Tramp kabi ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qiladi. Tramp kabi o‘z chiqishlarida improvizasiyaga yo‘l qo‘yadi. Tramp kabi o‘zi hech qanday ro‘yxushlik bermaydigan "olomon"ga duch kelishiga to‘g‘ri keladi", - deyiladi maqolada.
Vatikanga ixtisoslashgan tahlilchi Iakopo Skaramussining ta’kidlashicha, hozirgi Papa uchun populizm "yomon so‘z" emas, chunki uning madaniy va diniy arkonlari xalq haqidagi o‘y-fikrlarga asoslangan. "Biroq agar sen "xalq papasi" bo‘lsang, u holda muammolarga duch kelasan, chunki shu xalqning o‘zi Trampga ovoz berdi", - deya qo‘shimcha qiladi ekspert.
"Ommaga bir xil usulda ta’sir ko‘rsatishiga qaramay, bu ikki insonning siyosiy va’dalari qarama-qarshidir. Ularning populizm versiyalari sezilarli darajada farq qiladi va bu yaqin oylarda ular o‘rtasida nizo keltirib chiqarishi mumkin", - deya taxmin qiladi muallif.
Ular ko‘p masalalarda hamfikr emaslar - migrasiyadan tortib to Amerika qadriyatlarigacha. Xususan, Fransisk devor qurishga urinadigan inson "nasroniy emas"ligini ta’kidladi. Tramp bunga o‘zining Facebook sahifasi orqali munosabat bildirdi - "Agar IShID Vatikanga hujum qilganda edi, Rim papasi AQShni aynan milliarder boshqarishini so‘rab iltijo qilgan bo‘lar edi".
Hozircha esa Fransisk Trampga nisbatan "kuzatuvchi" pozisiyasini egalladi. El País nashriga bergan intervyusida u "vaqtidan ilgari hukm chiqarishni istamasligi"ni va AQShning yangi prezidenti nimalar qilishini ko‘rish lozimligini ma’lum qilgan.
Jon Karr, Jorjtaun universitetidagi katolik dastur direktori Crux nashriga bergan intervyusida dunyoda ro‘y berayotgan so‘nggi hodisalar katoliklarni turli yo‘nalishlarga bo‘linishga majbur qilayotganini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi