date

«Yevrovideniye-2026» atrofidagi mojaro: Ispaniya va yana 3 davlat boykot qildi!

«Yevrovideniye-2026» atrofidagi mojaro: Ispaniya va yana 3 davlat boykot qildi!

EBU qarori va keskin norozilik to‘lqini

Payshanba kuni Yevropa efir uzatuvchilar ittifoqining (EBU) Isroilning “Yevrovideniye-2026” musiqa tanlovida rasman ishtirok etishiga ijozat berganidan so‘ng, musiqa tanlovi atrofida keskin tortishuv va norozilik paydo bo‘ldi. Bir qator Yevropa davlatlari Isroilni G‘azodagi urush fonida tanlovdan chetlatishni taklif qilgan edi, chunki bu harbiy harakatlar og‘ir gumanitar oqibatlarga sabab bo‘lmoqda.

Shu qarorga Irlandiya, Ispaniya, Niderlandiya va Sloveniya kabi davlatlar e’tiroz bildirib, kelgusi yilgi tanlovni boykot qilishini e’lon qildi.

Yashirin ovoz berish rad etildi

Ushbu davlatlar Isroil masalasini EBU umumiy majlisida yopiq ovoz berish yo‘li bilan hal qilinishini so‘ragandi. Biroq Jenevada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bu talab qabul qilinmadi va uning o‘rniga kelishuvga asoslangan yangi qoidalar qabul qilindi. EBU rasmiy bayonotida ““Yevrovideniye-2026” rejalashtirilgan formatda, lekin kuchaytirilgan xavfsizlik choralari bilan o‘tkaziladi”, — deya qat’iy pozitsiya bildirildi.

Isroil prezidenti Isaak Gersog EBU qarorini ma’qullab, uni “Isroilni ovozini o‘chirishni xohlaganlarga qarshi qo‘yilgan birdamlik va do‘stlik ramzi” deb atadi.

"Katta beshlik"ning chiqib ketishi: jiddiy zarba

Dastlab Niderlandiya milliy telekompaniyasi Avrotros tanlovdan chiqishini ma’lum qilib, bu holat o‘z jamoatchilik qadriyatlari bilan mos kelmasligini aytishdi. Shundan so‘ng Ispaniya ham o‘z ishtiroki va tanlov namoyishini to‘xtatishini ma’lum qildi.

Bu esa hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, chunki Ispaniya "Katta beshlik" a’zosi sifatida tanlov moliyalashtirilishida eng katta hissa qo‘shuvchilardan biri hisoblanadi.

Ayrim yirik Yevropa davlatlarining boykoti musiqa tanlovining nufuzi va birdamligiga jiddiy zarba bo‘lishi mumkin. Isroilning qatnashishi atrofidagi siyosiy mojaro tanlovni musiqiy emas, balki geosiyosiy maydonga aylantirib qo‘yayotgani ayni paytda yanada yaqqol ko‘rinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » «Yevrovideniye-2026» atrofidagi mojaro: Ispaniya va yana 3 davlat boykot qildi!