date

Rossiyada mashhur Labubu o‘yinchoqlaridan xavfli modda topildi — bolalar salomatligi xavf ostida!

Rossiyada mashhur Labubu o‘yinchoqlaridan xavfli modda topildi — bolalar salomatligi xavf ostida!

Rossiyada mashhur Labubu o‘yinchoqlari bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv tashvishli natijalarni ko‘rsatdi. “Roskachestvo” mutaxassislari sifat va xavfsizlik talablariga muvofiq o‘yinchoqlarni sinovdan o‘tkazib, 13 ta namunaning birida sog‘liq uchun xavfli modda — dioktilftalat me’yordan yuqori ekanini aniqladi.

Tekshiruv jarayonida mahsulot 53 ta ko‘rsatkich bo‘yicha baholandi:
— mato va tikuv sifati,
— yorliqdagi ma’lumotlar,
— toksikologik va gigiyenik xavfsizlik indikatorlari,
— umumiy zaharlilik darajasi.

Natijada o‘yinchoq tarkibida bo‘lishi mumkin bo‘lgan dioktilftalatning ruxsat etilgan darajasi 2 mg/litr bo‘lsa, aniqlangan qiymat 2,9 mg/litr ni tashkil etdi.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, bu modda:

  • gormonlar balansini buzishi,

  • bolalar va homilador ayollar uchun xavf tug‘dirishi,

  • reproduktiv salomatlikka zarar yetkazishi,

  • xulq-atvor va nevrologik muammolarni kuchaytirishi,

  • uzoq muddatda jigar va buyrak faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin.

Shuningdek, dioktilftalat terida qichishish, allergiya kabi noxush holatlarga ham sabab bo‘lishi ehtimoli bor.

Hozirda mutasaddi organlar Labubu o‘yinchoqlari bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruvlar boshlagan. Ota-onalarga esa ushbu mahsulotni xarid qilishda ehtiyot bo‘lish tavsiya etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada mashhur Labubu o‘yinchoqlaridan xavfli modda topildi — bolalar salomatligi xavf ostida!