
Hindistonning Goa shtatida joylashgan tungi klubda yong‘in chiqib, kamida 23 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Bu haqda The Indian Express nashri xabar berdi.
Politsiya dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in gaz ballonining portlashi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Portlashdan so‘ng olov qisqa vaqt ichida butun binoga tarqalgan va xodimlar hamda mehmonlar evakuatsiya qilinishiga to‘sqinlik qilgan.
Qutqaruv xizmatlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yong‘inni bartaraf etish va binodan odamlarni chiqarish ishlarini olib bordi. Aksariyat jasadlar klub oshxona qismidan topilgan — bu halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi klub xodimlari bo‘lganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, zinapoyalardan ham ikki jasad topilgan. Rasmiylar yong‘in sabablari bo‘yicha to‘liq tergov boshlaganini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.