date

Putin Donbass bo‘yicha bahsli savolga qanday javob berdi?

Putin Donbass bo‘yicha bahsli savolga qanday javob berdi?

Hindistonga rasmiy safari oldidan Vladimir Putin India Today telekanaliga uzoq intervyu berdi. 4-dekabr kuni e’lon qilingan ushbu suhbatda jurnalist Gita Mohan Rossiya prezidentiga o‘ta to‘g‘ri va noyob savol yo‘lladi: rus tilida so‘zlashadigan Donbass aholisi nega Rossiya armiyasi tomonidan yo‘q qilingan uylaridan shokka tushgani haqida qanday fikr bildiradi?

Jurnalist Donesk va Luganskka safari davomida mahalliy aholi bilan gaplashganini aytdi. Ularning ko‘pchiligi rusiyzabon ekanini, Kiyev tomonidan til masalasi orqali bosim sezganini, ammo Rossiya harbiy amaliyoti boshlanganidan keyin o‘z uylari vayron bo‘layotganini tushuna olmayotganini ta’kidladi.

Putin avval savolni umuman tushunmagandek tutdi. Keyin esa vaziyatni o‘z talqinida izohlashga o‘tdi:

— Ular aftidan Kiyev hukumati nazoratidagi hududlarda yashagan bo‘lsa kerak. Donesk va Luganskning Kiyev nazoratida bo‘lmagan qismi esa aynan Kiyev rejimi tomonidan vayron qilingan. Biz esa bu hududlarning mustaqillik e’lon qilgan qismini qo‘llab-quvvatlashga majbur bo‘ldik, — dedi u.

Putin, shuningdek, Donbass aholisiga referendum orqali “tanlov imkoni” berilganini ta’kidlab, kim Rossiya tarkibini ma’qullasa, ovoz berganini, kim rozi bo‘lmasa, Ukraina hududining boshqa qismiga ketishi mumkin bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

Intervyuning yana bir qizg‘in qismi — Putinning Donbassni “albatta ozod qilamiz” degan bayonoti bo‘ldi:

— Yo Ukraina qo‘shinlari bu hududlarni tark etadi va odamlarni o‘ldirishni to‘xtatadi, yoki biz Donbassni qurol bilan ozod qilamiz. Mazmunan vaziyat shu tomonga qarab boradi, — dedi Rossiya prezidenti.

Shu bilan birga, suhbatda Donbassning kelajagiga oid yana bir muhim nuqta ham tilga olindi: urushni to‘xtatishga qaratilgan “Tramp tinchlik rejasi”da Ukraina Lugansk va Doneskdan qo‘shinlarini olib chiqib ketishi, amalda bu hududlarni Rossiyaga topshirishi nazarda tutilgani qayd etildi.

Intervyu ohirida ham jurnalistning savollari, ham Putinning javoblari ikki tomonning voqelikni mutlaqo turlicha ko‘rayotganini yana bir bor ko‘rsatdi. Donbass bo‘yicha bahs esa geosiyosiy maydonda hali uzoq davom etishi tayin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Putin Donbass bo‘yicha bahsli savolga qanday javob berdi?