
O‘tgan dushanba kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Axal viloyatiga tashrif buyurdi.
Axal viloyatida tabiiy gazdan benzin olish majmuasini qurilishi olib borilmoqda. Tashrif davomida prezident quruvchilar bilan uchrashdi va o‘zining saylov oldi dasturi haqida so‘zlab berdi.
Suhbat davomida quruvchilardan biri gitarani qo‘lga olib prezidentga qo‘shiq aytib berdi. Undan keyin esa prezident gitarani olib o‘z qalamiga mansub “Baxt nuri” qo‘shig‘ini kuylab berdi, deb yozadi Sof.uz sayti.
Shundan keyin Gurbanguli Berdimuxamedov 8 mart bayramida ayollarga sovg‘a sifatida yana bir necha qo‘shiq tayyorlab qo‘yganini aytdi.
Gurbanguli Berdimuhamedov qo‘shiqchiliq san’atiga qiziqishi Turkmaniston aholisiga sir emas. Prezident bundan oldin ham fuqarolariga bir necha marta qo‘shiq kuylab bergan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar