
Yevropaning global isish monitoringi 9 dekabr kuni ma’lum qilganiga ko‘ra, 2025 yil sayyoradagi eng issiq yillar qatoriga kirdi. “France24” xabarida aytillishicha, bu yillik harorat ko‘rsatkichi tarixdagi ikkinchi eng issiq darajaga yetgan.
Kopernik iqlim xizmatiga ko‘ra, 2025 yil 2023 yildan keyingi eng issiq yil bo‘lishi kutilmoqda. Global harorat sanoatgacha bo‘lgan davrdan 1,5 °C ga yuqori ekani yana bir bor tasdiqlandi — bu Parij kelishuvida xavfli deb belgilangan chegara.
Kopernikning iqlim strategiyasi rahbari Samanta Burgess ta’kidlashicha, 2023–2025 yillar orasidagi uch yillik o‘rtacha harorat ilk bor 1,5 °C dan oshib ketdi. Uning aytishicha, bu raqamlar iqlim o‘zgarishi qanday tezlashib borayotganini yaqqol ko‘rsatadi.
Kopernik ma’lumotlarida qayd etilishicha:
— o‘tgan noyabr tarixdagi uchinchi eng issiq noyabr sifatida ro‘yxatga kirdi;
— o‘rtacha harorat 14,02 °C bo‘ldi;
— dunyo hududlarining ko‘pchiligida, ayniqsa Kanada shimoli va Antarktida atrofida odatdagidan yuqori harorat kuzatilgan;
— Rossiyaning shimoli-sharqida esa aksincha kuchli sovuq anomaliyalari qayd qilingan.
Mutaxassislar ogohlantiradi: hatto kichik temperatura o‘zgarishlari ham iqlim tizimini beqarorlashtirib, bo‘ronlar, toshqinlar va o‘rmon yong‘inlari kabi ofatlarni tez-tez kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Iqlim o‘zgarishining asosiy manbai sifatida sanoat inqilobidan buyon katta miqdorda yondirib kelinayotgan qazilma yoqilg‘ilar va issiqxona gazlari ko‘rsatilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.