date

Putin 11–12-dekabr kunlari Turkmanistonga tashrif buyuradi

Putin 11–12-dekabr kunlari Turkmanistonga tashrif buyuradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11–12-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Turkmaniston poytaxti Ashxobodga boradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi.

Putinning tashrifi Turkmanistonning xalqaro betaraflik maqomiga ega bo‘lganining 30 yilligi, shuningdek, xalqaro tinchlik va ishonch yili doirasida o‘tkaziladigan yirik forumda ishtirok etish bilan bog‘liq. Tadbirga bir qator davlat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari ham taklif etilgan.

Ashxobodda o‘tadigan forumda mintaqaviy xavfsizlik, diplomatik hamkorlik, energetika, transport va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi. Putinning tashrifi davomida Rossiya va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik, savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda GES loyihalari va transport yo‘laklariga doir kelishuvlar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Putin 11–12-dekabr kunlari Turkmanistonga tashrif buyuradi