
Ozarbayjonning Bok-u shahridagi 14-sonli maktabning sakkiz nafar o‘quvchisi saqichdan zaharlanib, tibbiy yordamga muhtoj bo‘ldi. Bu haqda Minval Politika xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchilar dars paytida qo‘rqinchli ahvoldan shikoyat qilishgan. Maktab ma’muriyati darhol tez yordam chaqirgan va zaharlangan bolalar kasalxonaga olib ketilgan. Maktab rahbariyati bu holat haqida barcha tartibga soluvchi idoralarga va bolalarning ota-onalariga xabar bergan.
Dastlabki tekshiruvlar shuni aniqladiki, bir o‘quvchi maktabga kelayotganda yaqindagi do‘kondan saqich sotib olib, uni sinfdoshlariga tarqatgan. Shundan so‘ng bolalarning ahvoli yomonlashib, ular og‘ir ahvolga tushishgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Shunga o‘xshash holat Indoneziyada ham sodir bo‘lgan edi. 2023-yil sentyabrida maktab o‘quvchilari mamlakat prezidenti tomonidan taqdim etiladigan bepul tushlikdan zaharlanib, shifoxonalarga yotqizilgan. G‘arbiy Yava provinsiyasining Sipongkor tumanida 3 kun ichida 1 258 bolada zaharlanish belgilarini kuzatishgan.
Sog‘liqni saqlash mutaxassislariga ko‘ra, zaharlanishga noto‘g‘ri tayyorlangan ovqatlar, ayniqsa, soya sousli tovuq go‘shti, qovurilgan tofu va mevalar sabab bo‘lgan. Ushbu ovqatlar bolalarda qorin og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va nafas qisilishi kabi belgilarga olib kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.