08:57 / 04.02.2017
7 471

Kolumbiyada 30 ta qotillikda gumon qilingan o‘smir qo‘lga olindi

Kolumbiyada 30 ta qotillikda gumon qilingan o‘smir qo‘lga olindi

Kolumbiya huquq-tartibot muassasalari tomonidan Kali shahrida kamida 30 ta qotillikni sodir etishda gumon qilinib 17 yoshli o‘smir qo‘lga olindi, deb yozadi Kun nashri.

"Bolakay Bob laqabli o‘smir 30 ga yaqin qotillik, jumladan kuzatuv kameralariga tushgan shaharning janubidagi savdo markazidagi ikkita qotillikni sodir etgan", deb Kali polisiyasi qo‘mondoni Ugo Kasasning so‘zlarini keltirib o‘tdi Blu radiosi.

O‘smir qotilliklarni bir necha yil davomida sodir etib kelgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u dastlab Kali jinoiy to‘dalaridan birining a’zosi bo‘lgan, so‘ngra o‘zining guruhini tashkil qilgan. U o‘z qabihliklarini 12 yoshidan boshlab sodir eta boshlagan.
Sodir etilgan jinoyatlarning og‘irligiga qaramasdan, qotil umrbod qamoq jazosi o‘rniga minimal ko‘rinishdagi jazo bilan qutulib qolishi mumkin. Chunki Kolumbiya qonunlariga ko‘ra, balog‘atga etmagan jinoyatchilar uchun ko‘zda tutilgan maksimal jazo 8 yillik qamoq jazosidan iborat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolumbiyada 30 ta qotillikda gumon qilingan o‘smir qo‘lga olindi