Britaniya muzeyi (The British Museum) — Buyuk Britaniya bosh tarixiy-arxeologik muzeyi dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan badiiy muzeylar orasida 2-o‘rinda turadi, deb yozmoqda Daryo nashri.
Agar siz Britaniya muzeyiga borib qolgan bo‘lsangiz, albatta ko‘rishingiz zarur bo‘lgan bir necha joylar bor.
Rozetta toshi
Rozett toshi — qadimgi Misr yozuvini o‘qishga yordam bergan va ko‘rinishi uncha ahamiyatli bo‘lmagan granit plita.
Parfenon haykallari
Muzeyning 18-zalida 1801 yil graf Eljin tomonidan Afinadan keltirilgan Eljin bo‘rtma naqshlari deb nomlanuvchi haykallar va bo‘rtma naqshlar joylashgan.
Soatlar zali
Britaniya muzeyining 44-zali yonidan kirmay o‘tib ketolmaysiz. Turlicha va har xil o‘lchamdagi juda ko‘plab soatlarning jarangi, chiqqillashi va bong o‘rishi beixtiyor e’tiboringizni tortadi.
Satton-Xu xazinasi
1938 yil Satton-Xu qo‘rg‘onida topilgan bu xazina Britaniya hududining eng ahamiyatli arxeologik topilmalaridan biri hisoblanadi.
Lindoulik odam
Cheshir grafligidagi Lindou torf botqog‘ida 1984 yil torf qazib olishda mukammal tarzda saqlangan odam jasadi topildi. Keyinchalik tekshirishlarda bu odam eramizning 20—90 yillarida o‘lganligi ma’lum bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi