AQShning Arizona shtatidagi KOLD-TV telekanali xodimi Mark Xerman ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi arizani tort ustiga yozdirdi. Bu voqea New York Daily News nashri orqali ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz.
“Iltimos, ushbu mazali tortni mening ketishim haqidagi rasmiy va shirin xabarnoma tariqasida qabul qiling”, - deb yozilgan tort ustiga. Shuningdek, o‘z maktubida Xerman ishi va hamkasblarini sog‘inishini e’tirof etgan.
28 yoshli Xerman gazetaga bergan intevyusida eski ish joyini tashlab ketish og‘ir ekanligini ma’lum qildi. U Neshvillda yangi ish topgan, shu bois ketishga majbur bo‘lgan. Ishdan bo‘shashi haqidagi xabar boshliqqa og‘ir botmasligi uchun uni tortga yozdirishga qaror qilgan. “Tort tufayli xafa bo‘lish mumkin emas”, - ta’kidlab o‘tdi Xerman. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi