2001 yil 11 sentyabrda AQShda sodir etilgan teraktning tashkilotchisi sifatida ayblangan Holid Shayx Muhammadning maktubi AQShda keng ommaga ma’lum qilindi. Xat AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaga yo‘llanib, unda 15 yil avvalgi teraktning sodir bo‘lishida asosiy ayblov Vashingtonning o‘ziga qaratilgan, deb xabar beradi “Qalampir” sayti.
Ma’lum bo‘lishicha, mahbus ushbu xatni 2015 yilning yanvarida yozgan. Lekin Guantanamo rahbariyati yo‘llanmani manzilga jo‘natishdan bosh tortgan.
Advokatning sa’y-harakati bilan sud raisi Jeyms Poldan xatni manzilga etkazishga ruxsat olinganida esa Obama “Oq uydan ketish” arafasida edi. “The Miami Herald” gazetasi maktubni advokatdan olishi uchun sud raisining qaroriga ko‘ra yana 30 kun vaqt kerak bo‘ldi.
18 varaqdan iborat maktubning to‘liq matni gazetada e’lon qilinmagan. Lekin maktubda Obamaga nisbatan qo‘yilgan jiddiy ayblovlar bo‘lib, unda: “G‘azoda o‘ldirilgan aka-ukalarimiz, singillarimiz va bolalarimizning qoni qo‘llaringizda hali qurib bitmagan”, deyiladi. Advokatlarning aytishicha, u 2014 yil G‘azo sektorida Isroilning harbiy harakatlari boshlanganida xat yozishni boshlagan.
Ma’lumot uchun, 2001 yil 11 sentyabrda sodir bo‘lgan teraktlar natijasida amerikaliklar katta talofat ko‘rgan. Ko‘plab qurbon bo‘lganlar ichida O‘zbekiston fuqarosi ham bor edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi