22:02 / 09.02.2017
6 582

«Ilonning boshi» deya Barak Obamaga yozilgan maktub matbuotda oshkor etildi

«Ilonning boshi» deya Barak Obamaga yozilgan maktub matbuotda oshkor etildi

Amerika hukumati tomonidan 11 sentyabr teraktlarining bosh tashkilotchisi deb tan olingan Holid Shayx Muhammad Amerikaning sobiq prezidenti Obamaga o‘z xatida «ilonning boshi» va «zolimlik hukm surgan mamlakat prezidenti» deya murojaat qilgan.

AQShda Amerika hukumati 11 sentyabr teraktlarining bosh tashkilotchisi deb biladigan — Holid Shayx Muhammadning 18 betlik maktubi qisman e’lon qilindi. Ushbu maktub mamlakat sobiq prezidenti Barak Obamaga atalgan, deb yozadi "Diydoraziz" RIA Novosti xabari asosida.

Muhammad o‘z maktubida 2001 yilning 11 sentyabrida sodir etilgan teraktlarda Vashingtonning o‘zi aybdor, deya ta’kidlagan.

Maktub muallifining fikricha, AQSh hukumati bu orqali «butun dunyo bo‘ylab begunoh odamlarni o‘ldirgan» tashqi siyosati uchun tovon to‘lagan. Muhammad shuningdek, «terakt kuni sizlarga qarshi biz urush boshlamagan edik» deb yozgan. Unga ko‘ra bu ishni «Amerika hukumati va mamlakatdagi diktatorlar» amalga oshirgan.

Muhammad Obamaga maktubda «ilonning boshi» va «zolimlik hukm surgan mamlakat prezidenti» deya murojaat qilgan. E’lon qilingan maktub yakunida 2015 yil yanvar oyi sanasi qo‘yilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Guantanamo turmasi nazoratchilari Muhammadning ushbu maktubini Amerikaga etkazishdan keskin bosh tortishgan. Ammo o‘tgan yilning sentyabrida Muhammadning advokati sudyadan ushbu ishga aralashishni iltimos qilgan va ayblanuvchi prezidentga murojaat etishga haqli ekanligini aytgan. Natijada harbiy sud advokat talabini qondirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Ilonning boshi» deya Barak Obamaga yozilgan maktub matbuotda oshkor etildi