date

Xitoyda 19 metrli ulkan qorbola yasaldi (video)

Xitoyda 19 metrli ulkan qorbola yasaldi (video)v

Xitoyning “qish poytaxti” sifatida mashhur bo‘lgan Xarbin shahrida olti qavatli bino balandligiga teng ulkan qorbola barpo etildi. Nodir qor haykali atigi 11 kun ichida yaratilgani bilan ham diqqatni tortdi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatdi.

Ma’lumki, qor va muz haykaltaroshligi bilan dunyoga tanilgan Xarbin shahrida har yili xalqaro festival o‘tkaziladi. Biroq bu yil shahar aholisi va sayyohlarni qariyb 19 metr balandlikka ega gigant qorbola yanada hayratga soldi. U o‘z ko‘lami va ishlovi bilan oddiy installyatsiya emas, balki qish mavsumining ramziga aylandi.

Qayd etilishicha, haykalni barpo etish uchun maxsus texnika yordamida tayyorlangan taxminan 33,5 ming kubmetr qor olib kelingan. Ilk bosqichda qor vaqtinchalik yog‘och konstruksiyaga joylashtirilgan, asosiy shakl berish va bezak ishlari esa haykaltaroshlar tomonidan qo‘lda — keskilar va maxsus asboblar yordamida amalga oshirilgan.

Loyiha ustida jami 100 nafar ishchi va 64 nafar haykaltaroshdan iborat katta jamoa mehnat qilgan. Qurilish jarayoni tashkilotchilar tomonidan jonli efir orqali namoyish etilib, tomoshabinlar ulkan qorbolaning qanday yaratilayotganini real vaqt rejimida kuzatish imkoniga ega bo‘lgan.

Ushbu gigant qorbola ijtimoiy tarmoqlarda ham katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar uni “oddiy qorbola emas, haqiqiy qishki yodgorlik” deb atagan bo‘lsa, boshqalar bu loyihani “qish faslining eng yuqori energiyasi” sifatida baholagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda 19 metrli ulkan qorbola yasaldi (video)