Snouden o‘zining AQShga topshirilishiga doir xabarlarga munosabat bildirdi

1 daqiqa o'qish6.8K
Snouden o‘zining AQShga topshirilishiga doir xabarlarga munosabat bildirdi
Snouden o‘zining AQShga topshirilishiga doir xabarlarga munosabat bildirdi

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi va MRB sobiq xodimi Edvard Snouden Rossiya uni AQShga topshirish masalasini muhokama qilayotganiga doir xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning uni prezident Donald Trampga "hadya" qilmoqchi ekani, Snoudenning RF razvedkasi bilan umuman aloqasi bo‘lmaganini tasdiqlaydi. Bu haqda Kun yozmoqda.

"Nihoyat: mening Rossiya razvedkasi uchun hech qachon ishlamaganimni tasdiqlaydigan dalil. Hech bir mamlakat o‘z ayg‘oqchilarini topshirmaydi, chunki boshqalar (ayg‘oqchilar) o‘zlarini navbatdagi deb tushunishadi", - deb yozgan Snouden.

Avvalroq, NBC telekanali tarqatgan xabarga ko‘ra, AQSh razvedkasi Rossiya maxsus xizmatlari MRB sobiq xodimi Edvard Snoudenni prezident Donald Trampga "hadya qilish" masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumotlarga egaligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Snouden – MXAning sobiq tahlilchisi bo‘lib, 2013 yilda Amerika maxsus xizmatlarining elektron ta’qiblarini ommaga oshkor qilgan edi. Xususan, uning qilmishlari natijasida xorijiy davlat rahbarlarining telefon suhbatlari noqonuniy ravishda tinglangani ma’lum bo‘lgandi. Snouden AQSh hukumati ta’qibidan qochib, 20dan ortiq mamlakat hukumatiga boshpana so‘rab murojaat qilgan. Rossiya shular jumlasidan bo‘ldi. 2014 yil 1 avgustida RFning uch yillik yashash va ishlashga ruxsat beruvchi guvohnomasini oldi. Shundan buyon Rossiyada istiqomat qiladi.

AQSh Snoudenni josuslik bo‘yicha ikkita moddani buzganlikda ayblaydi. Ularning har biri uchun Edvardga 10 yillik jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin. AQSh ma’muriyati Snoudenni xoin deb hisoblaydi va uni afv etishni istamaydi. U Amerika milliy xavfsizligi manfaatlariga katta zarar yetkazgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?