18:30 / 11.02.2017
6 276

AQSh sudi rossiyalikni xakerlikda ayblab hibsga oldi

AQSh sudi rossiyalikni xakerlikda ayblab hibsga oldi

AQShda rossiyalik xakerlikda ayblanib hibsga olindi, deb xabar qildi Sputnik nashri.

"Kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan, ayni vaqtda AQSh fuqaroligiga ega Aleksandr Tverdoxlebov amerikaliklarning bank hisob raqamlariga xakerlik hujumlarini uyushtirganlikda ayblanib, hibsga olingan. Bu haqda sud hujjatlari dalolat beradi", — deyilgan xabarda.

Nashrga ko‘ra, Tverdoxlebov 1 fevral kuni Los-Anjelesdagi Virginiya shtati, Aleksandriya shahar sudi tomonidan ilgari surilgan ayblovlar asosida qo‘lga olingan. Ayblov versiyasi bo‘yicha Tverdoxlebov minglab amerikaliklarning hisob raqamidan pullarni o‘margan.
Sud hujjatlariga muvofiq, Tverdoxlebovni hibsga olish uchun order 19 yanvar kuni berilgan.

"Ayblanuvchi kamida 2008 yildan buyon xalqaro kiberjinoyatchilik faoliyatiga jalb qilingan va hozirga qadar bu ish bilan shug‘ullangan. U rus tilida so‘zlashuvchi oliy toifali xakerlik forumlari a’zosi", — deyilgan ayblovda. Ayblov versiyasiga ko‘ra Tverdoxlebov ushbu forumlarda "bir nechta noqonuniy sxemalar, jumladan, o‘g‘irlangan kredit kartochkalari va ular haqida ma’lumotlar, noqonuniy pul aylanmasini reklama qilgan".

Tverdoxlebovga qo‘yilayotgan ayblovlar uning internet-chatlariga asoslangan va hozircha pul qay tarzda o‘marilgani haqida batafsil ma’lumot berilgani yo‘q.

Daily Beast nashrining yozishicha, Tverdoxlebov AQShga Rossiyadan kelgan va 2009 yilda amerikalik ayolga uylanib, AQSh fuqaroligini olgan. Ayni vaqtda er-xotin ajrashishgan. Shu bilan birga erkak sud hujjatlarida "Rossiya fuqarosi" sifatida ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh sudi rossiyalikni xakerlikda ayblab hibsga oldi