Bugun Rossiya Federasiyasi prezidenti va Turkiya rahbari Rejep Erdo‘g‘on o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbatda Suriyadagi inqirozli vaziyat yuzasidan o‘zaro fikr almashilgan. Putin bir qator turk harbiylarining El-Bab tumanida halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi, deyiladi Sharh.uz saytida.
Ma’lumki, avvalroq chorshanba kuni Turkiya bosh shtabi Suriya shimolida 4 nafar turk harbiylarining DAISh terrorchilari bilan to‘nashuvda halok bo‘lgani va 15 nafarining jarohatlanganini ma’lum qilgan.
Turkiya armiyasi o‘tgan yilning 24 avgust kuni Suriya qurolli muxolifati ishtirokida DAISh terrorchilariga qarshi harbiy operasiya boshlagan edi. Dastlab chegaradagi Jarablus shahari ustidan nazoratni qo‘lga olgan, hozirda esa El-Bab shahriga xujum uyushtirmoqda. Turkiya prezidenti Tayip Erdo‘g‘onning aytishicha, harbiy operasiyadan maqsad 5 ming kilometr hududni terrorchilardan tozalash va bu erda qochoqlarni joylashtirish uchun xavfsiz hudud tashkil etishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi