Jinoyatga botgan Meksika: polisiya vertolyoti jinoyatchilarni ayovsiz o‘qqa tutdi

Jinoyatga botgan Meksika: polisiya vertolyoti jinoyatchilarni ayovsiz o‘qqa tutdi
Jinoyatga botgan Meksika: polisiya vertolyoti jinoyatchilarni ayovsiz o‘qqa tutdi

Meksikada polisiya reydi davomida mamlakatdagi yirik narkokartellardan birining yetakchisi va uning bir necha hamtovoqlari yo‘q qilindi. Daily Star nashriga tayanib Kun.uz yozishicha, gap "Beltran Leyva" narkokarteli yetakchisi Xuane Fransisko Patrone Sancheze va uning qo‘l ostidagi yetti jangchisi haqida ketmoqda.

Internetda ushbu reydning guvohlar va kuzatuv kameralari tomonidan suratga olingan videosi paydo bo‘ldi. Yozuvda aks etishicha, polisiya vertolyoti Tepik shahridagi uylar ustidan ucha turib, birdaniga jinoyatchilar mashinasiga o‘t ochishni boshlaydi.

Narkokartel 4 aka-uka Beltran Leyva tomonidan tashkil etilgan. 2008 yilda to‘da a’zolari Meksika politsiyasining rahbarlaridan biri Edgar Eusebio Gomesni o‘ldirganlar. Shundan keyin hukumat to‘daning o‘sha vaqtdagi yetakchilarini yo‘q qilgan va hibsga olgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar