Bag‘doddagi norozilik namoyishlarida etti kishi halok bo‘ldi
Bag‘dodda mamlakat saylov tizimini isloh qilish va korrupsiyani to‘xtatish talabi bilan davom etayotgan norozilik namoyishlari vaqtida etti kishi halok bo‘ldi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Namoyish polisiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketgan va tartib posbonlari namoyishchilarga nisbatan ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo‘lgan.

«Etti kishi halok bo‘ldi. Ulardan ikki nafari — xavfsizlik kuchlari xodimlari, qolgan besh kishi — namoyishchilardan», — deya aniqlik kiritdi polisiya polkovnigi.

Al-Arabiya axborotiga ko‘ra, jabrlanuvchilarning soni 300 dan oshib ketgan.
Xabar berishlaricha, namoyishchilarning aksariyati nufuzli shia imomi Muqtada as-Sadrning tarafdorlaridir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing