Misrliklar Misr milliy valyutasi – Misr funti mustahkamlanishi ortida bank va valyuta ayirboshlash shoxobchalarida naqd dollarlarni ommaviy ravishda ayirboshlamoqdalar, deb yozadi Kun nashri.
"Joriy haftada fuqarolar bankga kuniga 50-60 mln dollar pul olib kelishmoqda, shu bilan birga avval mavjud bo‘lgan "qora bozor" hozir deyarli faoliyat yuritmayapti", deb ma’lum qildi "Misr banki" boshqaruv raisi Muhammad al-Atribiy.
Ayirboshlash shoxobchalarida ham mahalliy valyutaga talab oshgani ta’kidlanmoqda. "Hozir dollarlar faol ravishda topshirilmoqda, dollarni xarid qilish narxi 16 funtga tushib ketgan bo‘lsa ham, mijozlar ko‘plab kelmoqda", deb aytgan Qohira markazidagi valyuta ayirboshlash shoxobchasi operatori.
Misrning janubiy viloyatlarida AQSh dollaridan tezroq "qutulishni" istaganlarning katta navbatlari yuza kelgan. "Dollardan qutulishni istaganlarning ko‘pligi dollar kursining yanada tushishiga olib kelmoqda, unga talab esa deyarli yo‘q", deb ma’lum qildi "Al-Ahrom" nashri.
Shu bilan birga mutaxassislar Misr funti kursi mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatning barqarorlashganini isbotlashi borasida xulosa chiqarishga shoshilmaslikka chaqirmoqdalar. Misr iqtisodiy tadqiqotlari forumi rahbari Rashod Abduning tushuntirishicha, milliy valyuta kursining o‘sishi mamlakatdagi iqtisodiyot va moliya sohasidagi vaziyat borasida etarlicha ma’lumotga ega bo‘lmagan oddiy odamlarning ijobiy kutishlari natijasi bo‘lishi mumkin.
2016 yil noyabrda Misr Markaziy banki ko‘p yillar davomida birinchi marta Misr funti kursini erkin suzishga qo‘yib yuborgandi, bu esa uning dollarga nisbatan 19 funtgacha, ya’ni 2 marotaba qadrsizlanishiga olib kelgan. Bungacha dollar kursi uzoq vaqt davomida 8,8 funt darajasida saqlanib kelgan. Hukumatning bu qadami mahsulotlar va xizmatlar narxining oshishiga olib kelgan, biroq valyuta "qora bozori"ni tugatishga imkon bergan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi