Bugun, 16 fevral kuni Janubiy Qozog‘iston viloyatida isiqomat qiluvchi oila Chingizxonning qabrini topib olgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Nur.kz”ga tayanib “Qalampir.uz” xabar qilmoqda.
Sman Otegen va uning rafiqasi Guljanar Oltinbek Qozog‘iston xukumatiga Chingizxonning qaerga dafn etilganini bilishlari haqida aytishdi. Ayni vaqtda ular qabrni ochish uchun mamlakat prezidentining qazilma ishlariga ruxsat berishini kutishmoqda.
Ular bergan ma’lumotlarga ko‘ra, oila Temirlan ovulidan Olma-otaga kelgan. 2014 yil Guljanar g‘aroyib tush ko‘rgan. Tushida ayolning Manas ismli bobosi uni bir kishi bilan tanishtirish istagida ekanini, biroq buning uchun u mol so‘yib qurbonlik qilishi kerakligini aytgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, ayol Manas aytgan insonni ko‘radi va u Chingizxon ekanini anglaydi.
Guljanarning tushida Chingizxon o‘zining dafn etilgan joyini ko‘rsatadi. Ushbu joy Aris shahri janubida, Lesxoz qishlog‘idan uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan. Bungacha u erda mashhur Mayki-biy ismli shaxsning dafn etilgani haqida ma’lumot bor edi, xolos. 2016 yilning aprel oyida er va xotin o‘sha joyga borib, qazilma ishlarini boshlashadi.
Qazilma ishlari bir necha bor turli sabablar bo‘yicha to‘xtab qolgan. Hozir esa qabrga 30 santimetr qolganida, qazilma ishlarini davom ettirish uchun hukumatning ruxsati kerak.
Guljanar tushida qabrni oxirigacha qazib olish uchun Qozog‘iston prezidentining ruxsatini olish lozimligini ham aytgan.
Ayol tushi haqida hikoya qilib berar ekan, Chingizxonning unga “Men mana shu erda yotibman. Meni er yuziga olib chiqing. Men mo‘g‘ul emasman, men qiyat avlodiga mansub qozoqman. Mening ota-onam qozoq. Rafiqam esa qonirat alodidan”, deganini aytgan.
Guljanar Oltinbekning g‘ayrioddiy ma’lumotidan so‘ng, OAV vakillari ular aytgan hududga borishdi. Ularning aytishicha, qabr qidirilayotgan joy yarim o‘ralgan holatda. Er-xotin 12 metrli chuqurni qazishgan. Pastga tushilganda esa shifobahsh suv oqayotgan chashmaga duch kelishgan.
Chuqurchadan kichik tunnelga o‘tiladi. U erda “X16” yozuvi, biroz nariroqda esa “2017” yozuvi bor.
Smanning aytishicha, Amir Temurning qabri ruxsatsiz ochilgani uchun ikkinchi jahon urushi boshlanib ketgan .
“Bu safar bunday ko‘ngilsizliklar bo‘lmaydi, chunki buyuk Chingizxonning o‘zi Elboshidan ruxsat olishni so‘rayapti. Prezident yaqin kunlarda kelishi kerak. Kelajakda bu joylarda mehmonxonalar, muzey va kafelar quriladi. Hozirgacha odamlarga noma’lum bo‘lgan bu hudud mashhur bo‘lib ketadi”, deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi