Venesuela rasmiylari Maduroning taqdiri noaniqligini aytdi

Avvalroq AQSH harbiylari Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning turmush o‘rtog‘ini asirga olgani haqida xabar berilgandi. AQSH senatori Mayk Li davlat kotibi Rubio so‘zlariga tayanib, Maduro Qo‘shma Shtatlarda jinoiy ayblovlar bo‘yicha sud oldida javob berishini bildirdi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges bu borada AQSH rasmiylariga murojaat qildi. Uning ta’kidlashicha, Maduro va rafiqasining qayerdaligi noma’lum bo‘lib qolmoqda va ular tirik ekanini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilishi talab qilinmoqda.
“Biz ularning qayerda ekanini bilmaymiz. Ular tirik ekanini isbotlovchi dalillarni talab qilamiz”, — dedi Rodriges.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing