Ispaniya qirolining singlisi infanta Kristina hiyla-nayranglarga doir jinoiy ish bo‘yicha moliyaviy firibgarliklarda aybsiz topildi. Ammo, uning eri Inyaki Urdangarin 6 yil-u 3 oylik qamoq jazosiga mahkum etildi. Palma-de-Mayorka shahrining sudi shunday qaror chiqargan. Bu haqda TASS agentligiga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.
"Sud Kristina de Burbonni uni gumon qilishgan jinoyatlardan oqladi", - deyiladi sud bayonotida. Bunda malika 265 ming evro miqdorida jarima to‘lashi kerak, chunki u turmush o‘rtog‘i sodir etgan jinoyatlardan moliyaviy foyda ko‘rgan.
O‘z navbatida, Urdangarin xizmat vakolatini suiiste’mol qilish, firibgarlik, yuqori doiralardagi aloqalaridan g‘arazli maqsadlarda foydalanish va davlat xazinasiga nisbatan jinoyatlarda aybdor deb topilgan. U 6 yil 3 oylik qamoq jazosidan tashqari, 7 yil 1 oyga qisman diskvalifikasiya qilinadi va 512 ming evro jarima to‘laydi. Ammo, bu sudning yakuniy qarori emas, ayblanuvchi uni qayta ko‘rib chiqishni talab qilishi mumkin.
Mazkur ish bo‘yicha eshituvlar 2016 yil 11 yanvarida boshlangan va 22 iyunda yakunlangan edi. Jinoiy ishga 17 kishi jalb etildi. Ispaniya qirollik oilasi a’zosi birinchi marotaba sudning ayblov kursisida o‘tirdi.
Prokuraturaga ko‘ra, Urdangarin va uning sobiq hamkori Diego Torres rahbarlik qilgan "Noos Instituti" jamoat tashkiloti Balear orollari va Valensiya byudjetlaridan yirik mablag‘larni o‘zlashtirishda yashirinish manbai bo‘lib xizmat qilgan.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, institut turli sport musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha mahalliy hokimiyat uchun qiymatni haddan ortiq ko‘tarib yuborgan va olingan mablag‘larni turli tijorat firmalariga o‘tkazgan. Shu bilan 6 mln evrodan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi