09:54 / 18.02.2017
7 656

Tramp mashinasiga tajovuz qilindi

Tramp mashinasiga tajovuz qilindi

AQSh prezidenti Donald Tramp mashinasiga noma’lum kimsa tomonidan tosh uloqtirildi. Voqea Floridada yuz bergan, Tramp bu erga dam olish kunlariga kelgan. Bu haqda RIA “Novosti”ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, prezident korteji Palm-Bich aeroportidan Trampning Mar-a-Lago maskaniga ketayotgan bo‘lgan. Noma’lum kimsa Tramp ketayotgan avtomobilga tosh yoki shunga o‘xshash buyum uloqtirgan, biroq "nishonga ura olmay", boshqa mashinaga tekkan.

Maxfiy xizmat voqeani tergov qilishni boshladi.

"Maxfiy xizmat kunning ikkinchi qismida kortejga qandaydir buyum uloqtirilganligini tasdiqlaydi. Biz voqeani tergov qilmoqdamiz va hozircha boshqa ma’lumot taqdim qila olmaymiz", deb aytgan xizmat vakili.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp mashinasiga tajovuz qilindi