Belgiyada poezd relsdan chiqib ketdi, jabrlanganlar bor

Belgiyada poezd relsdan chiqib ketdi, jabrlanganlar bor
Belgiyada poezd relsdan chiqib ketdi, jabrlanganlar bor

Belgiyaning Lyoven shahridagi temiryo‘l stansiyasi yaqinida yo‘lovchi poezdi relsdan chiqib ketdi. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Hodisa natijasida bir necha kishi jabrlandi.

De-Panne kommunasiga yo‘l olgan poezd Lyoven stansiyasidan chiqishda izidan chiqib ketgani qayd etildi.

Voqeaga guvoh bo‘lganlarning so‘zlariga ko‘ra, favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joyga avariya xizmati va polisiya etib kelgan.

Nashrlardan biri bir kishi halok bo‘lganini ham ma’lum qilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar