
Shanba kuni Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada qatnashgan Germaniya kansleri Angela Merkel islom dini terrorning manbasi emasligini ta’kidladi.
Merkel AQSh prezidenti Donald Trampning etti musulmon mamlakat fuqarolariga nisbatan immigrasiya taqiqini tanqid qildi. Germaniya kanslerining fikricha, terror guruhlariga qarshi kurashish uchun musulmon mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarur.
“Bu mamlakatlar birinchi navbatda (terrorga qarshi kurashga) hissa qo‘shishlari lozim. Ana shunda biz odamlarni islom terrorning manbasi emasligiga, bu islomni noto‘g‘ri tushunish oqibati ekaniga ishonitira olamiz”, – dedi Merkel.
Shuningdek, Angela Merkel IShID va unga o‘xshash terror guruhlariga qarshi kurashda Rossiya bilan ham hamkorlik qilish kerakligini ta’kidladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar