Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin 20 fevral kuni Nyu-Yorkda vafot etdi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmatiga tayanib Qalampir nashri xabar berdi.
Vitaliy Churkin 64 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. U 65 yoshni qarshi olishiga 1 kun qolganida olamdan ko‘z yumdi, ya’ni bugun, 21 fevral kuni Vitaliy Churkin 65 yoshga to‘lgan bo‘lar edi.
“Rossiya Tashqi ishlar vazirligi chuqur qayg‘u bilan shuni xabar qiladiki, 20 fevral kuni Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin 65 yoshga to‘lishidan bir kun avval to‘satdan Nyu-Yorkda vafot etdi. Vitaliy Ivanovich Churkinning oila a’zolariga va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiramiz”, deyilgan vazirlik xabarida.
Vitaliy Churkinning vafot etganligi to‘g‘risidagi xabar tezda OAV orqali tarqalib ketdi. Rossiya matbuotida uning siyosiy qarashlari, o‘z Vatani uchun xizmat qilganligi, uning o‘limi mamlakat diplomatiyasi uchun og‘ir judolik bo‘lganligi ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»