18:34 / 21.02.2017
10 623

AQShning birinchi xonimi haqida 7 ta fakt

AQShning birinchi xonimi haqida 7 ta fakt

2016 yil yakuni va 2017 yil dunyo siyosatida katta o‘zgarishlarga boy bo‘ldi. Xususan, jahonning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri sanalgan AQShning hokimiyat tepasiga yangi prezident keldi. Donald Tramp prezident bo‘lmasidanoq, shov-shuvli munozaralarning markaziga aylanishga ulgurdi. Uning siyosiy qarashlari, rejalashtirgan islohotlari keng muhokama qilindi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

20 yanvar sanasida rasman prezidentlik lavozimini egallagan Donald Trampning rafiqasi, ya’ni AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp ham munozaralarning bosh mavzusi bo‘lib kelmoqda. Inaugurasiya marosimida sipo va bejirim liboslarda namoyon bo‘lgan Melanya Trampning didi yuqori baholandi. Balki shu sababdir u haqdagi ma’lumotlar nafaqat Amerika xalqining, balki boshqa mamlakatlar aholisining ham qiziqishiga sabab bo‘lyapti. Bugun Melanya Tramp haqidagi ba’zi faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.

1. Melanya Tramp va Donald Tramp orasidagi yosh farqi 24 yil (Melanya Tramp 1970 yilda, Donald Tramp 1946 yilda tug‘ilgan).

2. Aslida sloveniyalik bo‘lgan Melanya 2005 yilda Tramp familiyasini olgan. 2006 yilda rasman AQSh fuqaroligini olgan.

3. AQShda prezident saylovidan avval, ya’ni 2016 yil iyul oyida o‘tgan saylovoldi tashviqot davomida chiqish qilgan Melanya Tramp ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga uchradi. U o‘z nutqida ayrim jumlalarni o‘sha vaqtdagi birinchi xonim Mishel Obamadan “o‘g‘irlagan”ligi ta’kidlandi. Foydalanuvchilar bu nutqni 2008 yilda Mishel Obamadan eshitganliklarini bildirib, Melanya Trampni tanqid qilishdi.

4. Melanya Tramp turmush o‘rtog‘i, ya’ni Donald Tramp prezidentlik lavozimiga nomzodi qo‘yilmasidan avval, juda yorqin rangdagi kiyimlar va yaltiroq taqinchoqlar ishqibozi bo‘lgan. So‘nggi vaqtlarda esa o‘z kiyimlar javonini sipo liboslar bilan to‘ldirmoqda.

5. Melanya Tramp 5 tilda gapira oladi. Slavyan, ingliz, fransuz, serb va nemis tillarida bemalol muloqot qila oladi.

6. Saylov vaqtida Donald Tramp va Hillari Klinton munosabatlari keskin tus olganligi sir emas. Aslida esa ular avvalroq oilaviy do‘st bo‘lishgan. Melanya va Donald Trampning nikoh kechasida Hillari va Bill Klinton ishtirok etishgan.

7. Amerikaning bir necha OAVlari Melanya Trampni noqonuniy ravishda AQShda ishlaganligi haqida ma’lumotlar tarqatishgan. Ammo Tramp xonim hech qachon noqonuniy ravishda ishlamaganligini ta’kidlab keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShning birinchi xonimi haqida 7 ta fakt