Tailandda Bangkok yaqinida kran yo‘lga quladi: 2 qurbon

Tailandda qurilayotgan osma avtomagistralda yuz bergan navbatdagi baxtsiz hodisa ikki inson hayotiga zomin bo‘ldi. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 15-yanvar kuni poytaxt Bangkok yaqinidagi Samut Sakhon provinsiyasida qurilishda ishlayotgan kran yo‘lga qulagan.
Oqibatda yo‘lda harakatlanib ketayotgan ikki transport vositasi qurilish konstruksiyasi ostida ezilib qolgan. Hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, yana besh nafar fuqaro turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda.
Mazkur voqea Tailandda qurilish xavfsizligi masalasi yana bir bor kun tartibiga chiqqaniga sabab bo‘ldi. Chunki bu — ketma-ket ikki kun ichidagi ikkinchi yirik fojia: 14-yanvar kuni mamlakatning Nakhon Ratchasima provinsiyasida yuqori tezlikdagi temiryo‘l loyihasiga tegishli kran yo‘lovchi poyezd ustiga qulagani ortidan poyezd halokatga uchrab, o‘nlab insonlar halok bo‘lgani xabar qilingan edi.
Har ikki hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari boshlanganini ma’lum qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!