date

Internet o‘chirildi, “Tolibon” ichida ixtiloflar kuchaydi

Internet o‘chirildi, “Tolibon” ichida ixtiloflar kuchaydi

Afg‘onistonda internet aloqasi o‘chirilganidan so‘ng “Tolibon” harakati ichidagi qarama-qarshiliklar yanada keskinlashdi. Bu haqda BBC nashri manbalarga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Tolibon” rahbariyati orasida jiddiy kelishmovchiliklar mavjud. Harakatning ayrim yuqori lavozimli vakillari yetakchi Haybatulloh Ohundzodaning qat’iy siyosiy yo‘nalishiga sodiq qolish tarafdori bo‘lsa, boshqa bir guruh esa xalqaro munosabatlarni yaxshilash, shuningdek, iqtisodiy tiklanishni ko‘zda tutuvchi nisbatan moslashuvchan siyosatni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Manbalarga ko‘ra, mazkur ixtiloflar Afg‘oniston bo‘ylab internet tarmoqlari uzilganidan keyin yanada ochiq ko‘rinish olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Internet o‘chirildi, “Tolibon” ichida ixtiloflar kuchaydi