Pokiston Trampning G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi”ga qo‘shildi

Pokiston G‘azo masalasida tinchlikka erishish maqsadida AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishini e’lon qildi. Bu haqda Pokiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot bilan ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, Pokiston ushbu tashabbus doirasida G‘azoda doimiy o‘t ochishni to‘xtatish, insonparvarlik yordamini ko‘paytirish hamda vayron bo‘lgan hududlarni qayta tiklash bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishiga umid qilmoqda. Rasmiylar tinch aholi xavfsizligini ta’minlash asosiy ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Pokiston armiyasi bosh qo‘mondoni Asim Munir Jahon iqtisodiy forumi tadbirlari doirasida Davos shahriga tashrif buyurgan. Shuningdek, Bosh vazir Shahboz Sharif bilan birga Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazilishi ehtimoli borligi aytilmoqda.
“G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashi” o‘tgan yil oxirida global mojarolarni bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan. AQSh tomonining bildirishicha, hozirga qadar 20 dan ortiq davlat ushbu tashabbusga qo‘shilish istagini bildirgan, Pokiston esa kengashga Trampning taklifi asosida a’zo bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!