date

General Kirillov qotili umrbod qamoqqa hukm etildi

General Kirillov qotili umrbod qamoqqa hukm etildi

2024 yil 17 dekabr kuni Moskva shahrida Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsion, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari qo‘mondoni general Igor Kirillov hamda uning adyutanti Ilya Polikarpov halok bo‘lgan edi. Ushbu voqea Rossiya jamoatchiligida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan.

Sud qaroriga ko‘ra, qotillikni amalga oshirishda aybdor deb topilgan O‘zbekiston fuqarosi Ahmadjon Qurbonov umrbod ozodlikdan mahrum qilindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Ukraina maxsus xizmatlarining ko‘rsatmasi bilan turar joy pod’ezdi oldiga oldindan minalashtirilgan samokatni qoldirib ketgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur jinoyatni amalga oshirgani uchun unga 100 ming AQSH dollari miqdorida pul mablag‘i hamda Yevropa Ittifoqiga viza olish imkoniyati va’da qilingan.

Shuningdek, jinoyatni rejalashtirish va tashkil etishda ishtirok etgan deb topilgan yana uch nafar shaxs ham sud hukmi bilan 18 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.

Sud mazkur ish bo‘yicha qarorni chiqarib, aybdorlarga nisbatan qonun doirasida qat’iy jazo tayinladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » General Kirillov qotili umrbod qamoqqa hukm etildi