date

Ilon Mask sun’iy intellekt qachon inson aqlidan ustun bo‘lishini aytdi

Ilon Mask sun’iy intellekt qachon inson aqlidan ustun bo‘lishini aytdi

Ilon Maskning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt 2026 yil oxirigacha har qanday alohida insonning imkoniyatlaridan o‘zib ketishi, 2031 yilga borib esa butun insoniyatning umumiy intellektidan ham ustun bo‘lishi mumkin. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

U bu prognozlarni Davosdagi Jahon iqtisodiy forumidagi chiqishi chog‘ida bildirib, AI rivoji kutilganidan ham tezlashgani va insoniyat texnologik singulyarlikka yaqinlashib borayotganini qayd etdi.

Mask nazarida, asosiy muammo texnologiyalarda emas, balki elektr energiyasi tanqisligida. Neyron tarmoqlar uchun chiplar ishlab chiqarish oshayotgan bo‘lsa-da, ko‘plab davlatlarning energiya infratuzilmasi bunday yuklamani ko‘tarishga ulgurmayapti.

Muqobil yechim sifatida u hisoblash quvvatining bir qismini kosmosga ko‘chirish g‘oyasini ilgari surdi. SpaceX quyosh energiyasida ishlaydigan va vakuumda sovishi mumkin bo‘lgan, ichiga sun’iy intellekt tizimlari o‘rnatilgan sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, Mask xavflarga qaramay, sun’iy intellekt keng ko‘lamli foyda keltirishi mumkinligini aytdi. Uning fikricha, to‘g‘ri nazorat ostida AI va Tesla Optimus kabi gumanoid robotlar tovar va xizmatlar hamma uchun yanada arzon va qulay bo‘ladigan davrni yaqinlashtiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask sun’iy intellekt qachon inson aqlidan ustun bo‘lishini aytdi