Yamanning Zanzibaridagi harbiy lagerda xudkush-terrorchining hujumi oqibatida sakkiz nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Harbiy libosda bo‘lgan terrorchi avtomobilda lager darvozasiga kelib urilgan, shundan so‘ng portlash yuz bergan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, sakkiz harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana 10 nafari jarohatlandi.
Mahalliy hukumat so‘zlariga ko‘ra, terrorchi “Al-Qoida” guruhi a’zosi bo‘lishi mumkin.
Avvalroq AQSh Yaman markaziy qismida “Al-Qoida” jangarilariga qarshi o‘tkazilgan amaliyot davomida tinch aholi vakillari, jumladan bolalar ham halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini xabar qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»