Yaponiyaning Tiba prefekturasidagi Fussu hayvonot bog‘ida 57 ta qor makakasi ularda begona gen topilgani uchun in’eksiya orqali uxlatish yo‘li bilan o‘ldirildi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Hayvonot bog‘i vakillarining so‘zlariga ko‘ra, maymunlarning DNK tahlilini o‘rganish vaqtida qor makakalari Yaponiyada taqiqlangan rezus makakalar bilan juftlangani ma’lum bo‘ldi.
Mahalliy mansabdorlar va Yaponiya atrof-muhit vazirligi tizimiga kiruvchi begona turga mansub hayvonlar boshqarmasi xodimining ta’kidlashicha, ushbu maymunlarning o‘ldirilishi qor makakalarining tabiiy muhitda yashashini saqlab qolishga xizmat qiladi. Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF)ning Yaponiyadagi bo‘limi vakili Dzukniti Mima ham huddi shunday fikrda ekani ta’kidlanmoqda.
Qayd etish kerakki, qo‘shni buddaviylik ibodatxonasida o‘ldirilgan maymunlar ruhi xotirlandi.
Ko‘proq qor makakasi nomi bilan mashhur yapon makakasi mamlakat orollarida yashaydi va ko‘p sonli sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Mamlakatda begona turga mansub hayvonlarni olib kirish, juftlatish va boqish qonun bilan ta’qib qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»