date

AQShda bo‘ron sabab 428 mingdan ortiq kishi elektrsiz qoldi

AQShda bo‘ron sabab 428 mingdan ortiq kishi elektrsiz qoldi

PowerOutage.us ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda qor bo‘roni oqibatida 428 mingdan ortiq aholi elektr ta’minotisiz qoldi. Kuchli yog‘ingarchilik va shamol bir qator hududlarda tarmoqlarga zarar yetkazib, uzilishlarni keltirib chiqargani aytilmoqda.

Fox News xabar berishicha, ob-havoning keskin yomonlashuvi aviqatnovlarga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada Amerika aviakompaniyalari so‘nggi to‘rt kun ichida 16 mingdan ortiq reysni bekor qilishga majbur bo‘lgan.

The Washington Post’ga ko‘ra, kamida 22 shtatda qishki bo‘ron sabab favqulodda holat e’lon qilingan. Milliy ob-havo xizmati ma’lumotida 24 yanvar kuni Kanzas-Sitida 70 yildagi eng yuqori kunlik qor yog‘ishi qayd etilgani, yog‘in miqdori taxminan 13 sm bo‘lgani keltiriladi; avvalgi rekord 5,5 sm atrofida edi. Sinoptiklar qor va muzlash davom etishini, bu esa elektr hamda transport tizimlarida yana uzilishlar keltirib chiqarishi mumkinligini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQShda bo‘ron sabab 428 mingdan ortiq kishi elektrsiz qoldi