
IShID jangarilari G‘arbiy Mo‘sul uchun kechayotgan janglar vaqtida Iroq qo‘shinlari harbiylariga qarshi dronlardan foydalanmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, iroqlik harbiylar uchun IShID jangarilarining harbiy harakatlar vaqtida dronlardan foydalanayotgani endi yangilik emas.
Jangarilar uchuvchisiz uchish moslamalaridan avvaliga kuzatish ishlarida foydalangan bo‘lsa, keyingi vaqtlarda dronlar orqali Iroq armiyasi harbiylari ustiga granatalar tashlanmoqda. Bundan tashqari, dronlar aniqlikni oshiruvchi mahsus qismlar bilan jihozlangan.
Qayd etilishicha, jangarilar dronlardan tinch aholiga va gumanitar tashkilotlar xodimlariga hujumlarda ham foydalanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar