date

Nikolay Valuyev tarqalgan videoni sun’iy intellekt mahsuli deb atadi

Nikolay Valuyev tarqalgan videoni sun’iy intellekt mahsuli deb atadi

Avvalroq internetda rossiyalik deputat, og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Nikolay Valuyev go‘yoki “Rossiya 30 yildan beri sobiq sovet respublikalariga nisbatan yumshoq siyosat yuritdi, endi esa ularga qattiq choralar ko‘rish kerak” degan mazmunda fikr bildirgani aks etgan videolar tarqalgan edi.

Valuyev esa ushbu lavhalar haqiqatga mos emasligini bildirib, video to‘liq qayta ishlangani va ataylab tarqatilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rolik sun’iy intellektdan foydalanilgan holda tayyorlangan bo‘lib, undagi gaplar buzib ko‘rsatilgan yoki umuman boshidan oxirigacha “xohlaganday qilib” yaratilgan bo‘lishi mumkin.

Deputatning ta’kidlashicha, bunday kontentning maqsadi oddiy — internetda nafrat uyg‘otish. Valuyev videorolik formatidagi axborot ko‘pincha tomoshabinni ishontirishga qaratilishini, shu sabab sun’iy intellekt kabi vositalar manipulyatsiya uchun “qulay” bo‘lib qolayotganini qayd etdi. U, shuningdek, hozir texnologiyalar yordamida inson ishtirokisiz ham video va film mahsulotlarini yaratish mumkinligini, farqi shundaki, bunday imkoniyatlar endi keng omma uchun ham ochiq ekanini urg‘uladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Nikolay Valuyev tarqalgan videoni sun’iy intellekt mahsuli deb atadi