Tumshug‘i qiyshiq it ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining mehr-muhabbatiga sazovor bo‘ldi


Amerikaning Oregon shtatidagi hayvonlar saqlanadigan joyda yashovchi, egasiz, Pikasso laqabli it ijtimoiy tarmoqlarning yulduziga aylandi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
G‘ayrioddiy itga bag‘ishlangan post Dogsofinstagram`ning Instagram-akkauntiga joylashtirildi. Profil ma’muriyati o‘z foydalanuvchilaridan itni boqib olishni iltimos qildi. Egasiz Pikasso zaharlab o‘ldirilmoqchi bo‘lganda hayvonlarni saqlash joyi xodimlari tomonidan qutqarib qolingan. “Pikassoning tashqi qiyofasi kulgili ko‘rinsa-da, u o‘zini bardam va baxtli his qiladi”, deyishdi uni parvarish qilayotgan xodimlar.
Pikassoga bag‘ishlangan post uch kunda 112 ming layk to‘pladi va foydalanuvchilar 3,5 mingdan ortiq izoh qoldirishdi. U barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining mehr-muhabbatiga sazovor bo‘ldi.
Luvable Dog Rescue xodimining aytishicha, hozirda Pikasso veterinarlarning jarrohlik operatsiyasini o‘tkazish xulosasini kutmoqda. U ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgandan keyin uni boqib olish istagida bo‘lgan juda ko‘plab odamlar murojaat qilgan. Ammo Pikasso jarrohlik operatsiyasidan keyingina boqib olish uchun berilishi mumkin.































Izohlar 0
…