date

Epshteyn tirikmi? Fortnite profili yana shubha uyg‘otdi

Epshteyn tirikmi? Fortnite profili yana shubha uyg‘otdi

Internetda Jeffri Epshteyn tirik bo‘lishi mumkinligi haqidagi nazariya yana tarqaldi. “Primetimer”ga ko‘ra, bunga littlestjeffi taxallusi bilan ochilgan Fortnite profilining faolligi sabab bo‘lgan: ma’lumotlarda u 2019 yildan keyin Isroil hududida faol bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Qiziqish kuchaygach, xabarlarga ko‘ra, profil yopiq rejimga o‘tkazilgan.

Xabarlarda aytilishicha, Epshteyn ishi bo‘yicha fayllarning yangilangan versiyalarida ushbu foydalanuvchi nomi moliyachi bilan bog‘liqligi haqida eslatmalar uchraydi. Bu bog‘liqlik turli raqamli izlar, jumladan, YouTube'dagi obunalar orqali aniqlangani qayd etilgan. Shu bilan birga, rasmiy hujjatlarda Epshteyn 2019 yil 10 avgust kuni Nyu-Yorkdagi qamoqxonada vafot etgani yozilgan, ammo ayrimlar akkaunt mavjudligi va so‘nggi faollik shu ma’lumotlarga shubha uyg‘otganini aytmoqda.

Epshteyn ishi bo‘yicha so‘nggi yangilanishlarda ilgari e’lon qilinmagan materiallar ham chop etilgani bildirilgan: jasad suratlari, sud-tibbiy ochish hisobotlari, psixologik xulosalar va qamoqxona ichki hujjatlari. Tahlilchilar bu da’volar haqiqatga yaqin emas, deyishsa-da, ayrim taxminlarda egizak, qiyofadosh yoki yaqin qarindosh haqida gapirilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jeffri Epshteyn — amerikalik moliyachi va investitsiya bankiri bo‘lgan. 2019 yilda u voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida odam savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblanib hibsga olingan. Unga 40 yildan ortiq qamoq tahdidi bor edi, ammo bir oy o‘tib kamerasida hushsiz holatda topilgan va vafot etgan: rasmiy xabarlarda — o‘z joniga qasd, norasmiy xabarlarda esa u yo‘q qilingani haqida gaplar keltiriladi.

Yana bir da’vo: hujjatlarda Metropoliten jazoni ijro etish markazi xodimining 2019 yil 10 avgustda yozilgan anonim xabari tilga olinadi. Unda davlat raqamisiz furgon kelgani, nosilkada mahbus olib kirilgani va jasad almashtirilgan bo‘lishi mumkinligi aytilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Epshteyn tirikmi? Fortnite profili yana shubha uyg‘otdi