Xorijdagi falastinliklar tomonidan Falastin erlarini Isroil okkupasiyasidan ozod qilishni maqsad qilgan yangi siyosiy birlashma tashkil etilgan, deb yozadi Sof.uz sayti.
Istanbul shahrida ikki kun davom etgan Xorijdagi falastinliklar anjumani so‘ngida falastinliklar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot tuzishga erishilgan. Anjuman tashkilotchilari Falastin erlarini Isroildan ozod qilish uchun kurashda Falastin Ozodlik tashkiloti bilan birga muhim o‘rinni egallashni istashlarini bayon qilishgan.
Tashkilotchilar yangi siyosiy birlashma 1964 yildan beri Falastin xalqi irodasini namoyish etib kelayotgan Falastin Ozodlik tashkilotining o‘rnini egallashni maqsad qilishmaganini ma’lum qilishgan. Ular Falastin mustaqilligi uchun kurashda Falastin Ozodlik tashkilotiga raqobatchi bo‘lmoqchi emas, balki unga ko‘mak berishni reja qilishgan.
Yangi tashkilotning rasmiy nomi hozircha noma’lum. Tashkilot rahbarlari 1993 yilda Isroil va Falastin o‘rtasida imzolangan Oslo shartnomasini bekor qilish va Falastin Ozodlik tashkilotini isloh qilish taklifini ilgari surishgan. Anis al-Qosim tomonidan e’lon qilingan bayonotda Falastin Ozodlik tashkiloti rahbarlari Isroil bilan tuzilgan kelishuvlar orqali Falastin xalqining tarixiy huquqlarini poymol qilgani e’tirof qilingan.
Bayonotda Falastinni tark etgan muhojirlar o‘zlarining tarixiy vatanlariga qaytishga va Falastin davlatini barpo qilish uchun kurashishga da’vat qilingan. Anjumanda yangi tashkilotning Bosh Hay’ati ham tashkil qilingan va unga rahbar sifatida falastinlik tarixchi olim Salmon abu Sitta saylangan. Tashkilotchilar yangi tuzilma barcha falastinliklar uchun ochiqligini ma’lum qilishgan. Yangi tashkilotning bosh qarorgohi Livan poytaxti Bayrut shahrida tashkil etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»