12:50 / 03.03.2017
8 026

Qirg‘iziston Rossiya yordamida o‘z armiyasini kuchaytirmoqchi

Qirg‘iziston Rossiya yordamida o‘z armiyasini kuchaytirmoqchi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev va respublika qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Raimberdi Duyshenbaev kelgusida mamlakat armiyasi salohiyatini hamkor davlatlar ko‘magida oshirish masalasini muhokama qildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

"Prezident Almazbek Atambaev va Qurolli kuchlar bosh shtabi rahbari Raimberdi Duyshenbaev Qirg‘iziston rmiyasi salohiyatini oshirish uchun xorijiy hamkorlar bilan harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi", deyilgan matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, hafta boshida Bishkekka Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashrif buyurgandi. Tashrif davomida ikki davlat rahbari harbiy-texnik hamkorlik masalasini ham muhokama qilgandi. Muzokaralar yakunida Atambaev jurnalistlarga "prezidentlar armiyaning mustahkamlanishi va Rossiyadan zarur texnikalar etkazilishi" masalasi muhokama etilganini bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston Rossiya yordamida o‘z armiyasini kuchaytirmoqchi