2016 yilda Rossiya axborot manbalariga tashqaridan turib uyushtirilgan kiberhujumlar uch barobarga ko‘payib, 52,5 million holatni tashkil etdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
O‘tgan yili butun mamlakat bo‘ylab 52,5 mln kompyuter hujumlari aniqlandi hamda yo‘q qilindi, bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Kurgan shahridagi yig‘ilishda ma’lum qilgan. “Taqqoslash uchun, 2015 yilda ular 14,4 mln edi”, - dedi u. Shu bilan birga, Patrushevning xabar berishicha, “axborot tizimlarining kompyuter hujumlari va kompyuter razvedkasi vositalaridan himoyalanganligi etarli emas va aksariyat hollarda amaldagi tahdidlarga javob bermaydi”.
Xavfsizlik kengashi kotibining ta’kidlashicha, bu hujumlarning maqsadi texnik vositalar ishlashi rejimini buzish, kam inson kirishi mumkin bo‘lgan ma’lumotni olishdir. U Rossiyaning kiberhujumlardan himoyalanganligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuv omillar orasida internetga ruxsatsiz ulanish, foydalanuvchilarning past malakasi hamda xorijiy axborot texnologiyalaridan foydalanishni tilga olgan. Shuningdek Patrushev foydalanilishi cheklangan ma’lumotni tegishli talablarga amal qilmay berish haqida ham eslatib o‘tdi. Bundan tashqari, hokimiyat organlari axborot tizimlari uchun xodimlarning malakasi etishmaydi, deya ta’kidlab o‘tdi u.
Patrushev Ural mintaqalari rahbarlaridan 2017 yil oxiriga qadar davlat axborot tizimlari va tarmoqlari internetning Rossiya davlat segmentiga ulanishi bo‘yicha tadbirlarni yakunlashni talab qildi. Shuningdek u muhim vazifalar sifatida bu sohada aniqlangan qonunbuzarliklarga tezkorlik bilan javob choralarini ko‘rishni oshirish haqida ham gapirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»