11:03 / 04.03.2017
9 407

Rulda uxlab qolish ayanchli oqibatlarga olib kelishiga yana bir isbot

Rulda uxlab qolish ayanchli oqibatlarga olib kelishiga yana bir isbot

Xitoyda yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi videosi tarqaldi. Avtobus kabinasida o‘rnatilgan kameralar avtobus haydovchisi uni boshqarayotgan vaqtda uxlab qolganini qayd qilgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Videodan u bir necha bor uyqudan uyg‘onib, yana uyquga ketganini ko‘rish mumkin. Bunday xavfli safar uzoq davom etmadi: haydovchi o‘zi bilan bir polosada ketayotgan yuk mashinasini payqamay qolib, o‘z vaqtida boshqa polosaga o‘tishga ulgura olmagan va katta tezlikda uning ortidan kelib urilgan.

Zarba shunchalik kuchli bo‘lganki, uning vaqtida kameradagi tasvir bir necha soniyaga yo‘qolib qolgan. Haydovchi to‘qnashuvdan keyin 40 metr o‘tibgina avtobusni to‘xtata olgan. Ma’lum qilinishicha, avtobusda 84 yo‘lovchi bo‘lgan. Bir necha kishi jarohat olgan, bir kishi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan. Keyinroq u vafot etgan. Haydovchi polisiya tomonidan hibsga olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rulda uxlab qolish ayanchli oqibatlarga olib kelishiga yana bir isbot