date

AQSHdagi maktabda otishma: o‘quvchi yaralandi

AQSHdagi maktabda otishma: o‘quvchi yaralandi

9 fevral kuni AQSHning Merilend shtatida joylashgan Rokvill shahridagi Tomas Vutton nomidagi o‘rta maktab hududida otishma bilan bog‘liq hodisa qayd etildi. Voqea oqibatida bir nafar o‘quvchi tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketildi. Bu haqda Rokvill shahar politsiyasi ma’lum qildi.

Politsiya xabariga ko‘ra, otishma mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:15 da sodir bo‘lgan. Xabar kelib tushgach, Montgomeri okrugi politsiyasi hamda Rokvill shahar politsiyasi xodimlari zudlik bilan maktab hududiga yo‘naltirilgan.

Voqea joyida bir nafar o‘quvchi o‘q tegishi oqibatida yaralangani aniqlanib, u mahalliy tibbiyot muassasasiga yetkazilgan. Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchining ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi shaxs ham mazkur ta’lim muassasasida tahsil oluvchi o‘quvchi hisoblanadi. U hodisadan ko‘p o‘tmay maktab binosi yaqinida qo‘lga olingan.

Politsiya tomonidan jamoat xavfsizligiga nisbatan qo‘shimcha tahdid mavjud emasligi bildirildi. Barcha zarur tartib-taomillar yakunlanguniga qadar o‘quvchilar maktab binosi ichida qoldirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSHdagi maktabda otishma: o‘quvchi yaralandi