Xitoyning Nankin shahrida olib borilgan qurilish ishlari vaqtida Min imperiyasi zamonasiga tegishli bo‘lgan oltin xazinaga liq to‘la sag‘ana topildi, deb yozadi Kun.uz.
Oltin taqinchoqlarning ko‘pligiga qaramasdan, sag‘anada topilgan ikkita qabr toshi eng qimmatbaho topilma sifatida e’tirof etilmoqda. Bu qabrtoshlarda sag‘anaga dafn etilgan ayol haqida ma’lumotlar bitilgan. Olimlarning aniqlashicha, qabr jazmanlikdan siyosiy va harbiy strateglikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan Mey xonimga tegishli bo‘lgan.
G‘ishtli sag‘ana ichida topilgan yozuvlarda xitoy tilida Mey xonim Xitoyning janubi-g‘arbidagi viloyatni boshqargan knyazning onasi bo‘lgani yozilgan. Mey xonim o‘zining o‘g‘liga dushman qabilalar va uzoq o‘lkalarda tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha eng yaxshi strategiyalardan saboq bergan.
Sag‘anada topilgan, yoshi 500 yildan ko‘proqni tashkil qilgan xazinalar orasida oltin bilakuzuklar, ruhlar uchun quticha va soch to‘g‘nag‘ichlari topilgan. Barcha buyumlar turli qimmatbaho toshlar, jumladan yoqut, firuza, sapfirlar bilan bezalgan.
Nankin shahri muzeyi arxeologlari qabrni 2008 yildan beri o‘rganib kelishgan va faqat yaqindagina ularning ishlari ingliz tiliga o‘girilib, Chinese Cultural Relics jurnalida nashr etildi.
Mey xonimning toshdan ishlangan tobuti suvdan shikastlangan bo‘lsada, xonimning jasadi qoldiqlari bizning kunlargacha etib kelgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Mey xonim Xitoyning janubi-g‘arbidagi chegaraoldi viloyati Yunnanni boshqargan Mu Binning uch rafiqasidan biri bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kimyoviy vositalar bilan daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi