date

Janubiy Koreyada tug‘ilishni ko‘paytirish uchun chet ellik ayollarni jalb qilish g‘oyasi ilgari surildi

Janubiy Koreyada tug‘ilishni ko‘paytirish uchun chet ellik ayollarni jalb qilish g‘oyasi ilgari surildi

Janubiy Koreyada tug‘ilishni oshirish mavzusi yana katta janjalga aylandi. BBC xabariga ko‘ra, Jindo okrugi rahbari Kim Heye-soo ochiq yig‘ilishda “Vetnam yoki Shri-Lankadan yosh ayollarni olib kelish” va ularni “qishloq hududlaridagi yosh erkaklarga turmushga berish mumkin”ligini aytgan.

Bu gaplar televideniye orqali tarqalgach, jamoatchilikda keskin norozilik kuchaydi. Vetnam tomoni diplomatik norozilik bildirdi, mamlakat ichida bir necha kun davomida bahslar avj oldi. Natijada Kim hukmron Demokratik partiya safidan chiqarib yuborildi.

Kim keyinroq uzr so‘rab, demografik muammoga e’tibor qaratmoqchi bo‘lganini aytdi, ammo ishlatgan iboralari “noo‘rin” ekanini tan oldi. Janubiy Jeolla provinsiyasi ham rasmiy kechirim so‘rab, bu “vetnamliklar va ayollarga chuqur og‘riq yetkazgani”ni bildirdi. Vetnam elchixonasi esa buni “oddiy ifoda emas, migrant ayollar va ozchiliklarga munosabat masalasi” deb baholadi. Shri-Lanka rasmiylari hozircha ochiq izoh bermadi.

Yig‘ilish aslida aholisi kamayib borayotgan hududni yaqin shahar bilan birlashtirish masalasi uchun chaqirilgan edi. Mutaxassislar esa agar vaziyat o‘zgarmasa, 50 million aholiga ega mamlakat aholisi 60 yil ichida yarmiga kamayishi mumkinligini aytmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyada tug‘ilishni ko‘paytirish uchun chet ellik ayollarni jalb qilish g‘oyasi ilgari surildi