“Tarakanlar partiyasi” asoschisi qo‘lga olindi (video)

“Tarakanlar partiyasi” asoschisi qo‘lga olindi (video)

Hindistonda “Tarakanlar partiyasi” (Cockroach Janta Party) asoschisi Abhijit Dipke va harakatning yana ikki vakili politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda 10 oktyabr kuni Reuters xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Dipke Mumbaydan Dehliga kelgan samolyotdan tushganidan so‘ng aeroportda ushlangan. Harakatning hamrahbari Saurav Das va matbuot kotibi Ashutosh Ranka ham samolyot Dehli aeroportiga qo‘nganidan keyin politsiya tomonidan olib ketilgan.

“Tarakanlar partiyasi” ijtimoiy tarmoqlarda harakat vakillarining samolyot ichida qo‘lga olinishi aks etgan videoni e’lon qildi. Harakat ushbu voqeani qoralab, uch nafar vakilining ushlanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ular Dehlida o‘tkazilishi rejalashtirilgan norozilik namoyishi oldidan ushlangan. Namoyish Hindiston Markaziy saylov komissiyasi rahbari Gyanesh Kumarning iste’fosini talab qilishga qaratilgan. Mahalliy hokimiyat namoyishni o‘tkazishni taqiqlagani xabar qilindi.

Ma’lumot uchun, “Tarakanlar partiyasi” 2026 yil may oyida tashkil etilgan hajviy siyosiy harakatdir. U Hindiston Oliy sudi raisi Surya Kantning ayrim bayonotlaridan keyin paydo bo‘lgan. Harakat ijtimoiy tarmoqlarda keng tanilib, yoshlar orasida qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘lgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar