date

Amerikalik bloger Kitten Key Sera pushti rangga turmushga chiqdi.

Amerikalik bloger Kitten Key Sera pushti rangga turmushga chiqdi.

Noodatiy nikoh: amerikalik bloger o‘zi sevgan pushti rang bilan hayotini bog‘ladi. Key Seraning orzulari ushaldi. U sevimli rangiga turmushga chiqdi. AQSHlik 58 yoshli bloger Kitten Key Sera o‘zining pushti rangga muhabbati bilan mashhur. O‘zining sevgan rangi unga turmushga chiqdi. Bu haqda Mirror xabar berdi.

Marosim Las-Vegasda bo‘lib o‘tdi. Kelinning so‘zlariga ko‘ra, nikoh marosimi ularning 40 yillik munosabatiga xotima bo‘ldi.

Kelin va mehmonlar pushti rangda kiyingan, Kitten marosimga pushti mashinada keldi va mehrobga pushti atirgul yaproqlari ostida yurib bordi. Kelin o‘ziga pushti rangli uzuk ham sovg‘a qildi.

Nikoh marosimi g‘oyasini ayolga ikki yil oldin bir o‘smir aytgan.

“Menga kulrang kabutarlar orasidagi pushti flamingo bo‘lish yoqadi. Har kuni ishga borayotganimda qora va kulrang kiyingan odamlarni ko‘raman. Ularda o‘ziga xoslik yo‘q. Buning ustiga ularning barchasi meni jinni deb o‘ylaydi”, — deydi Kitten.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik bloger Kitten Key Sera pushti rangga turmushga chiqdi.